Usability test nima?

Farkhod Saydullaev
4 min readDec 30, 2023

--

Mahsulot dizaynerining yuklamalaridan biri — dasturchini vaqtini va kompaniya pulini ‘To’g’ri dizayn’ yaratish orqali tejab qolish. Lekin ‘to’gri dizayn’ nima o’zi? Bugun to’gri dizaynga kelish uchun ‘Usability test’ni nimaligini bilib olamiz.

Telegram kanalimdaDizayn jarayonda foydalanuvchilarni o’rni’ sarvlahasi ostida, bir necha serialik xabar boshlagan edim. Hammasini jamlab va ohirgi qismi bu yerda bo’ladi.

Dizayn jarayoningizda mahsulot foydalanuvchisi ishtirok etayapdimi?

ADPlistda shogird dizayner bilan suhbat qildik. UX\UI dizaynda tajribasi 1,5 yil. Dizayner ko’targan mavzu — dizayn jarayonda muammo borligi his qilayapman lekin nimaligini bilmayapman dedi.

Savol-javob jarayonida shuni tushundimki, dizayn yechimni chizishda, foydalanuvchi umuman ishtirok etmagan.

Siz chizgan dizayn, foydalanuvchi mushkulini va mahsulotdan foydalanishini oson qilish uchun yechim, shu yodda tuting.

Dizayn yechimni tayyorlashda foydalanuvchi ishtirok etmasa, demak dizayn kim uchun chizilgan? To’gri, o’zingiz va rahbariyat uchun.

Demak, dizayn chizdingiz va uni dasturchilarga topshirmoqchi bo’lib turibsiz. Shoshilmang! O’zi dizayn foydalanuvchiga tushunarlimi va qo’yilgan vazifani yechayapdimi tekshirib ko’ring.

Foydalanuvchi bilan dizaynni qulayligi sinash bu ‘Usability test’ deb aytiladi.

Usability test 2 xil o’tkazsa bo’ladi:
a) moderated — testni siz boshqarib turasiz;
b) unmoderated — test jarayonida siz ishtirok etmaysiz. Ishtorokchiga havola yuborasiz va o’zu mustaqil sinovdan o’tadi.

Agar sinaladigan inson oldingizda bo’lsa, ancha foydali ma’lumot olasiz. Sababi, ilovani sinayotganda emotsiyasini ko’rasiz va fikrini eshitasiz.

Nega foydalanuvchi bilan dizaynni sinash kerak

  • Misol uchun, pul o’tkazish ilovasini chizdingiz. Dizayn sizga tushunarli lekin qolganlargachi? Hamma ham siz kutgan tugma va havolani bosadimi? Albatta yoq, foydalanuvchi siz kutmagan shunaqa ishlar qiladiku, xayron qolasiz.
  • Biznesga foyda keltirish va pulni tejash. Dizaynni test qilish jarayonda xatolar topilsa, biznesni pulini tejagan bo’lasiz. Xatolarni oldindan bartaraf etib, dasturchilarni vaqtini tejab qolish.
  • Mahsulot foydalanuvchi uchun oson yaratilgan bo’ladi, demak foydalanuvchi layoqati oshadi.

Usability test uchun instrumentlar

  • Figmada tuzilgan prototip yoki shunga o’xshash ilovada tuzilgan prototip. Misol uchun Protopie.
  • Userberry.com, Maze.co yoki Pathway instrumentlari. Ushbu instrumenlar foydalanuvchi xarakatini, prototipda qaysi tugmani bosganini, qancha vaqt sarflaganligini kabi foydali ma’lumotlarni yig’amiz. Bepul versiyasi bizni boshlang’ich talablarimizni qondiradi.

O’zini nimani tekshirmoqchimiz ‘usability test’ bilan?

‘Usability test’da muhim bo’lgan joyi — o’zi nimani sinamoqchimiz, shuni aniqlab olishimiz kerak. Buni aniq qilmasak, testdan foyda yoq.

Quyida to’gri va xato sinash savollariga misol keltiraman.

❌ Xato:

  • Do’stim ilovani chizdim. Qarab ko’rchi senga yoqadimi;
  • Dizayn haqida fikring qanaqa?
  • U yer bu yeriga bosib ko’rchi tushunarlimi;
  • Bosh sahifa haqida fikring qanaqa?

To’g’ri:

Bank ilovasini sinash:

  • Ilova orqali Akmal degan kishiga 20,000 so’m pul o’tkazing;
  • Saida ismli kishiga nechi pul o’tkazilgan? Iltimos aniqlab bering.

Internet do’kon:

  • iPhone 14ni qidirishda topib, savatga qo’shing;
  • Savatdan iPhone 14’ni olib tashlang.

‘Usability test’da foydalanuvchiga bir nechta vazifa berish mumkin, bu odatiy xolat.

Endi, vazifani aniq qilib oldik, shunga qarab prototipni tuzamiz.

Natijalarni tahlil qilish

Telegram kanalimda, bizni kompaniyamizni Maze.co servisida tuzilgan Usability testni o’zbekchaga o’girib, havola bilan bo’lishgan edim. Bilmayman u havola qancha vaqt tarmoqda bo’ladi, Yotubega siz ham ko’rishingiz uchun video shaklda yukladim.

Jami 22 kishi qatnashibdi.

Maze servisi foydalanuvchilarni sinovdan o’tishini 45 bal bergan, bu past baho, demak dizayn biz hohlagan natijani bermagan.

Yana bir bor esga olamiz, o’zi nimaga kerak ‘Usability test’:

Dizayner dizaynni chizganda, odatda foydalanuvchi qadamlarini tahmin qiladi. Kalit so’z ‘tahmin’. Testdan maqsad, tahmin to’gri yoki noto’g’ri ekanligini asoslash.

Biz Moneff ilovasida nimani tekshirmoqchi edik

Moneff ilova dizayni chizilganda, bizda tahmin bo’lgan — foydalanuvchi ‘Transaction’ sahifasifani yuqori qismida turgan ‘diagramma’ ikonkasini bosib, o’zini xarajatlarini ko’rib oladi deb. Sinov shuni ko’rsatdiki, ko’pchilikka bu yaqqol tushunarli emas, ko’pchilik boshqa joylarni bosib qidirgan.

Xulosa shuki, dizayn qayta ishlov talab qiladi. Biz hohlamaymiz foydalanuvchilar o’zlarini xarajatlarini topish uchun, xato joylarni qidirib yurmasliklarini.

Ushbu usability sinov bilan, dasturchini vaqtini tejab qoldik, oldiga kelib topshirilgan dizaynni yana o’zgaritirb ber demaymiz, sinovdan o’tgan dizaynni beramiz.

Maze.co juda ko’p turdagi xisobot beradi. Hammasi qanchadir miqdorda sizga u yoki bu qaror qabul qilishda yordam beradi.

Niyat qilaman bugun dizayn chizish faqat UIdan iborat emas, balkim to’gri yechim chizish uchun har hil testlar kerakligini ozroq tushundingiz deb.

Savollaringiz bo’lsa sharx qoldiring.

Maqola avtori Farkhod Saydullayev. Buyuk Britaniyani fintex kompaniyasida Lead Product Designer.

--

--

Farkhod Saydullaev

Lead Product Designer at UK fintech startup Moneff (formerly Safenetpay)