ADPlist — dunyo mentorlari yordam berishga tayyor

Farkhod Saydullaev
3 min readOct 4, 2022

--

Ushbu maqolamda, qanday qilib xalqaro dizaynerlar, mahsulot menejerlari (product manager) va boshqa turdosh sohalarni ustalari bilan ADPlist platformasida topish haqida qo’llanma bermoqchiman.

Dunyoda pullik o’quv platformalar rivojlangan bir vaqtda, ADPlist bepul mentorlik startapini ochganlarga alohida rahmat aytib o’tgan bo’lar edim.

Tasavur qiling, o’zini ishini ustasi bo’lmish dizayner bilan, individual maslaxat olish narxi soatiga $100-$300 lekin ADPlistda — Facebook, Booking, IBM va boshqa katta kompaniyalarda ishlaydigan dizaynerlar bilan bepul video chat orqali gaplashish imkoni bor.

Qanday qilib deysizmi?

  1. ADPlist.org ro’yxatdan o’tamiz. Ro’yxatdan o’tish uchun ozroq ma’lumot to’ldirish kerak bo’ladi. Sabr bilan, hamma ma’lumotni boricha to’liq to’ldiramiz.
  2. Yuqorida “Learn” havolani bosamiz va mentorlar ro’yxati ochiladi.

3. Endi filterni ishlatib, o’zizga ma’qul keladigan mentorni topamiz. Agar siz ingliz tilini yoki boshqa chet tilini bilsangiz, sizda imkoniyat ko’proq bo’ladi. Misol uchun, dizayner mentor qidirayotgan bo’lsangiz, “Expertise”da “Design” tanlaymiz.

4. O’zizga qiziq bo’lgan mentorni topdik, endi uni bo’sh vaqtlarini ko’ramiz.

5. Agar mentorni vaqti sizga to’gri kelsa, tanlangan vaqtni band qilamiz.

6. Mentorni vaqtini band qildingiz, endi aytilgan vaqt online bo’lsangiz, mentordan yangi bilim va ko’nikma olasiz.

Mentor bilan vaqtni unumli ishlatish uchun maslahatlarim:

  • Mentorga oldindan savollaringizni va o’zizni tajribangiz haqida yozib yuboring. Shunda mentor sizga nima kerakligini oldindan biladi. Odatda bitta sessiya 30 minut bo’ladi va uni unumli foydalanish kerak.
  • Aytilgan vaqt albatta keling. Mentor sizga o’zini qimmatli vaqtini ajratgan. Agar kelmasangiz, mentor sizni kelmadi deb belgilaydi va qora ro’yhatga tushasiz.
  • Belgilangan vaqtda, sizni kelish imkoningiz bo’lmayotgan bo’lsa, oldindan mentorga aloqaga chiqib, uni xabardor qiling.
  • Mentor ham kelmasligi mumkin. U xolatda 10 minut kutib, video chatdan chiqsangiz bo’ladi. ADPlistni o’zi mentor kelmadi deb, o’zlariga belgi olib qoyadi.
  • ADPlistga Google Calendarni ulashni maslahat qilaman. Mentor bilan sessiya qilishni belgilaganingizdan keyin, avtomatik ravishda sessiya Google Calendar ilovangizda paydo bo’ladi.
  • Agar yuqoridagi aytilganidek Google Calendar ulamasangiz, mentor bilan sessiya belgilangandan keyin, o’zingizga qulay ilovada eslatma qo’ying. Shunchaki Telegramni o’zida ham, Saved Message orqali eslatma qo’ysangi bo’ladi.
  • Sessiya tugagandan keyin, mentor bergan maslahatlari sizga yoqqan bo’lsa, albatta mentorni hursand qilib sharx (feedback) qoldiring.

O’zingizni ustingizdan ishlashni bir kunga ham to’xtatmang. Ozroq vaqt o’zingizni ustingizdan ishlamasangiz, siz raqobatbardosh bo’lmay qolasiz.

O’z navbatida aytib o’tishim kerak, men ham ADPlistda mentorlik qilaman.

Biron insonni hayotda yo’lini topishga yordam bera olsam, juda hursand bo’lar edim.

O’ylanmanki, qo’llanmam sizga ma’qul keldi. Clap tugmasini bossangiz, yana post yozishga motivatsiya bergan bo’lar edingiz.

Avtor haqida

Buyuk Britaniya Moneff (formerly Safenetpay) fintech startapida Lead Product Designer.

Mening telegram kanalim https://t.me/farkhod_com

--

--

Farkhod Saydullaev

Lead Product Designer at UK fintech startup Moneff (formerly Safenetpay)