Shaxsiy tajriba: Mahalliy dasturchi hizmati qimmatligi uchun, chet el dasturchi hizmatidan foydalanishga majbur bo’ldim.
O’zbekiston bozorida axborot texnologiyalar xizmat narxi o’rta Osiyoda eng qimmatimi? Tahlil, real tajriba va xulosa o’zingizdan.
Bir proekt uchun dasturchi kerak bo’ldi. Veb saytning ma’lumotlarni boshqarish uchun Wordpress CMSga ulash kerak edi.
Ozgina preambula. Man chamasi 10 yil Rossiya, Ukraina va Belarusiya frilans bozorida ishlaganman. Bunga dalil sifatida har doim frilans platformada nechi yil oldin ro’yhatdan o’tganim va u yerdagi menga qoldirilgan izohlar misol keltiraman
U yerdagi bozorni xolati haqida tahminan xabarim bor. Dunyodagi geosiyosiy xolatdan kelib chiqib, Rossiyaga pul o’tkazish o’ziga yarasha qiyin bo’ladi deb o’ylab, mahalliy, O’zbekiston bozorida dasturchi qidirdim.
O’zbekiston frilans platformalari
Rostini aytadigan bo’lsam, bitta ham durus frilans platformamiz yoq ekan. IT-Park saytida 2020-yil e’lon qilingan maqolani topdim.
Unda 12 ta frilans platforma ko’rsatilgan va 2 tasi hayot ekan:
Bu 2 ta sayt qanchalik ish berishini tekshirishga imkonim bo’lmadi. Tajribangiz bo’lsa izohda ulashing.
💡 Hamyurtdoshim, mana bozor, mana mahsulot, mana idea! Bozor ochiq! Yaratish kerak platforma.
Hech qanaqa tuzuk frilans platforma topa olmagandan keyin, telegram kanalimni ishga soldim.
9 ta kontakt yig’dim. Kimdir menga tanishlarini kontaktni taqdim qilishdi, kimdir o’zi dasturchi ekan.
Ozgina sonlar:
- 2 kishi band ekan;
- 1 kishi umuman javob bermadi;
- 3 kishi qilgan ishlarini so’raganimdan keyin javob bermadi;
- 3 kishi proektga narxlab berishdi.
Proektni to’g’ri baholash uchun faqat bir kishi to’g’ri savol javob qildi meni. Juda ham hursand bo’ldim. Ishni boshlashdan oldin uni to’liq tushunib olish kerak, narx berish uchun yozilgangan talab yetarli bo’lmasligi mumkin.
Endi narxlar: $300dan $600gacha.
Oldin bunga o’xshagan proektlarni qildirganman frilans bozorida. Tahminan $300 reja qilganman. Lekin $300 yozgan kishi ishidan va muomalasidan qoniqmadim.
Ok, chekinish yoq. Rossiya bozori taraf yo’l olamiz.
O’rta Osiyo frilans platformalari
4 ta frilans platformasida e’lon yaratdim:
Kelgan javoblar:
- Wablancer: 8 ta
- FL: 15 ta
- Kwork: 4 ta
- Freelance: 41 ta
- Jami: 68 ta javoblar
Narxlar: $200 dan $1500 gacha baholashgan.
Ajoyib. Endi hamma javoblarni o’rganib chiqish kerak.
Qanday qilib frilanserlarni tanlayman
- Saytda qachon ro’yxatdan o’tgan. Kamida bir yil oldin ishni boshlagan bo’lishi kerak.
- Ish beruvchilar qoldirgan sharxlarni o’qiyman. Sharxlar nechta va ular nima uchun qoldirilgan. Misol uchun, javoblar ichida arzon qilaman deganlari bor lekin sharxlarda Wordpress bo’yicha hech nima yoq. Bular bizga kerak emas.
- Ohirgi sharxini ish beruvchidan qachon olgan? 2 yil oldin olgan bo’lsa, ozgina savolim paydo bo’ladi.
- Men tushunarli talab yozganman va uni o’qigan kishini baribir savoli paydo bo’ladi. Kimlardir savol bergan, qanday bu yeri bo’lishi kerak deb. Molodes. Bizni odamlar bular.
- Studia kerak emas, aynan to’g’ridan to’gri frilanser kerak.
Menga ma’qul kelgan javoblardan misol:
Yuqoridagi talablarga to’gri kelgan 4 kishi bilan qisqa qo’ng’iroq qildim. Ular so’rayotgan pul $300gacha edi:
- Birinchi yigit 6 yil tajribam bor dedi, lekin qanaqadir qiyin narsalarni aytib tashladi, undan qochdim.
- Ikkinchi qiz talablarga javob berdi lekin gaplashish natijasida tushundimki, xato savollar berayapdi, texnologiyadan xabari yoq;
- Uchinchi yigit to’g’ri savollar bergan lekin muomola savodi past ekan;
- To’rtinchi kishi hamma talablarga javob berdi. Shu kishi bilan ishlashga qaror qildim. Hizmat haqi 18000 rubl (~$204 va buni ichiga platoforma komissiyasi ham kirgan)
Pul havfsizligi
Yuqorida ko’rsatilgan frilans platformalarni hammasida dallollik hizmati bor. Pulni platformaga yuborasiz, frilanser buni ko’radi va ishni boshlaydi. Agar ishda muammo bo’lsa, platforma javobgarlikni bo’yniga oladi. Hizmat haqi 10%dan 30% gacha.
Aynan shu hizmatdan foydalanishni maslaxat qilaman agar havfsiz ijro kerak bo’lsa.
Uzum ilovasi orqali QIWI hamyonimni to’ldirdim va pulni platformaga yubordim.
Natija
Rosti, bunaqa dasturchi 10 yillik tajribamda 2 marta uchragan. Shunaqa mayda detallarga e’tibor berib ishladi! Qoyil qoldim! Bonus pul berishga o’sha vaqt tayyor edim.
Talablar dokumentini ochdim va birma bir tekshirdim. Hammasi ortig’i bilan qilingan.
Ishni qabul qildim. Pulni qabul qilib oldi va ustiga yana $50 bonus qo’shib berdim. Jami tahminan $250 xarajat qildim.
Ikkalamiz ham bir birmizga sharx qoldirdik. Kelajakda yana ishlashga kelishib oldik.
Xulosa
Mahalliy bozorimizda hali ham kadr yetishmovchiligi bor. Hayolimda juda ko’p dasturchilar o’quv markazni bitirgan va katta pul so’rab o’tirishibdi.
Xulosa qanaqa bo’ladi… pulim tejaldi. Vaqtingiz bo’lsa, siz ham boshqa bozorlarda dasturchi qidirib ko’ring.
Maqola avtori Farkhod Saydullayev. Buyuk Britaniyani finTex kompaniyasida Lead Product Designer.